17:00 / 22.05.2019
3 051

Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Foto:«O‘zA»
O‘zbekiston Markaziy bank raisining o‘rinbosari Ilhom Norqulov bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

U joriy yilning aprel oyidan beri Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ilhom Norqulov – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakultetida va Glazgo universitetining (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishida tahsil olgan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida va ishlab chiqarish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yetuk mutaxassis Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan edi. 2013-2018 yillarda Markaziy bankning Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi