2019 yil 22 may O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishida hisobot berdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.
Vazirning hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishini tashkil etmoqda.
Hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (o‘sish - 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o‘sish - 1,3%) nafarni tashkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib (o‘sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.
Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o‘tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida – 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz. Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”