18:20 / 23.05.2019
3 372

O‘zbekistonda qonunchilikdagi penya to‘lash tartibini bekor qilish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda qonunchilikdagi penya to‘lash tartibini bekor qilish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida milliy qonunchilikdagi penya to‘lash tartibini bekor qilish hamda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni sudda ko‘rish tartibini soddalashtirish haqida petitsiya e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, hozirda ko‘plab sohalarda fuqarolar uchun qulayliklar yaratilib, kundan-kunga hayotimizdan qiynayotgan muammolar chiqib ketmoqda.

“Biroq yana bir e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan dolzarb masala bor. Bu – kommunal soha bilan bog‘liq. Mening nazarimda, kommunal to‘lovlardagi qo‘shiladigan penyalarni bekor qilish kerak. Agar to‘lov muddati o‘tib ketsa, marhamat, sud orqali yoki Majburiy ijro byurosi tomonidan ogohlantirilsin va undirilsin. To‘lov ertami-kechmi, baribir, undiriladi. Axir, asosiy qarzni o‘z vaqtida to‘lay olmayotgan, moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan odam penyani qanday to‘lasin.

To‘g‘ri, har kuni biz kommunal xizmatlardan foydalanamiz, hayotimiz ular bilan bevosita bog‘liq. Biroq, insonda moliyaviy holat doimiy barqaror holatda bo‘lmasligi aniq. Mazkur holatlarni inobatga olgan holda fuqarolarimiz uchun shu sohada ham biroz yengillik yaratilsa, ayni muddao bo‘lgan bo‘lar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha (tabiiy gaz, elektr energiyasi va sovuq suv Majburiy ijro byurosi nazoratiga olib berilgan) kommunal to‘lovlar uchun noreal qarzdorlik manfaatdor korxona tomonidan hisoblanib, fuqarolik sudlariga da’vo ariza bilan topshirilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ularning arizalari bir taraflama, fuqarolarning ishtirokisiz ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilishi va noreal qarzdorliklarni undirish yuzasidan sud buyruqlari chiqarilmoqda, ushbu sud buyruqlari esa bir necha oy o‘tib, davlat ijrochisiga yuborilmoqda. Shundan so‘ng, davlat ijrochisiga qarzdorlik aslida mavjud emasligini isbotlash va uzundan-uzoq navbatda turib ta’minlovchi korxonadan qarzdorlik mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomani olib davlat ijrochisiga taqdim etish lozim bo‘ladi.

Bildirilishicha, o‘zining ishtirokisiz ko‘rib chiqilib, qabul qilingan sud buyrug‘i bo‘yicha undirilishi lozim bo‘lgan noreal qarzdorlik summasining 20 foizi miqdorida davlat boji, 1 foizi miqdorida ijro yig‘imi hamda eng kam oylik ish haqining 1 barobaridan 10 barobari miqdorigacha jarima to‘lash yoki sud buyrug‘ini bekor qilish yuzasidan davlat bojining 50 foizini to‘lagan holda ariza kiritish (advokat xarajatlarini to‘lash va hokazo) lozim bo‘ladi.

“Shu sababli, fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kommunal to‘lovlar masalasida qarzdordan asosiy qarzdan tashqari penyani undirish tartibini bekor qilinishi va fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida Fuqarolik protsessual kodeksining 171-moddasining 1-qismi, 3-bandi (kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa)ni bekor qilinishini va mazkur tarzdagi ishlarni umumiy tartibda ko‘rib chiqishni taklif qilaman”, - deyiladi petitsiyada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qonunchilikdagi penya to‘lash tartibini bekor qilish taklif etilmoqda