Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan DXX shahar bo‘limi va Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X. o‘z xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini noqonuniy ravishda muomalaga kiritishga mo‘ljallangan «yama» tashkil etganligi aniqlangan.
Xususan, ushbu «yama»da O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 320 mln. so‘mlik dori vositalari hamda 84 kg «Latun» (rangli metall) parchalari saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?