Davlat soliq qo‘mitasi «Ozodlik» radiosiga minnatdorchilik bildirdi

  • 24 may 2019, 08:46
  • 1 494
  • Jamiyat
  • Davlat soliq qo‘mitasi «Ozodlik» radiosiga minnatdorchilik bildirdi
    Davlat soliq qo‘mitasi «Ozodlik» tomonidan chop etilgan tanqidiy material yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

    «Ozodlik» radiosi jurnalisti Sadriddin Ashur tomonidan tayyorlangan materialda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hududdagi ayrim tadbirkorlarni Jizzax viloyatining Forish tumanidagi obodonlashtirish ishlariga homiylik qilish uchun majburlayotgani ta’kidlangan.

    Shuningdek, Yakkabog‘ tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari «Ozodlik» bilan suhbatlashishdan bosh tortgani keltirib o‘tilgan.
    Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

    Davlat soliq qo‘mitasi Yakkabog‘ tumani davlat soliq inspeksiyasining tadbirkorlarni homiylikka majburlanayotgani bo‘yicha vaziyatni zudlik bilan o‘rganib chiqdi.

    Shu o‘rinda qayd etish lozimki, Davlat soliq qo‘mitasi va barcha hududiy boshqarmalar tomonidan aholini, shu jumladan, tadbirkorlarni Forish tumani qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha homiylikka majburiy jalb qilish yuzasidan hech qanday og‘zaki va yozma ko‘rsatma berilmagan.

    Yakkabog‘ tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari Asliddin Rustamovdan «Ozodlik» radiosi muxbiri qo‘ng‘iroq qilganda nima uchun javob berishdan bosh tortganligi so‘ralganda, aynan o‘sha vaqtda u tog‘li hududda o‘tkazilayotgan tadbirda ishtirok etayotgani va aloqa sifati yaxshi bo‘lmaganligi uchun javob bera olmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

    Ammo shunga qaramasdan, inspeksiya rahbari Asliddin Rustamov ommaviy axborot vositalarining murojaatiga tezkorlik bilan munosabat bildirmaganligi bois, Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan unga nisbatan «xayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

    Shu bilan birga, joylardagi barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalari rahbarlari ommaviy axborot vositalarining har bir murojaatiga tezkor va to‘laqonli axborot taqdim etishlariga mas’ul ekanliklari yana bir bor ko‘rsatib o‘tildi.

    O‘z navbatida, Davlat soliq qo‘mitasi «Ozodlik» radiosiga bunday holatning oldini olishga amaliy yordam berganligi uchun minatdorchilik bildiradi.

    «Hurmatli soliq to‘lovchilar! Agar soliq xizmati organlari tomonidan homiylikka majburlash holatlariga duch kelsangiz, u holda Davlat soliq qo‘mitasining (71) 244-98-98 raqamli ishonch telefoniga hamda DSQ Matbuot xizmatining (71) 244-97-54 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Davlat soliq qo‘mitasi «Ozodlik» radiosiga minnatdorchilik bildirdi