21:46 / 24.05.2019
3 067

O‘zbekistonda Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk savdoga qo‘yildi

O‘zbekistonda Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk savdoga qo‘yildi
O‘zbekistonda Rubicon Wireless Communication MChJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zA.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida joylashgan Rubicon Wireless Communication MChJ Perfectum brendi ostida mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub’ektlaridan edi. U Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli.

Ma’lumot berilishicha, ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkaziladi. Mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205,5 mlrd so‘mdan ortiqroq etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI» mas’uliyati cheklangan jamiyati auksionga qo‘yilgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk savdoga qo‘yildi