22:43 / 24.05.2019
3 456

Attraksiondan yiqilib jarohat olgan aktyorga 98 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi

Attraksiondan yiqilib jarohat olgan aktyorga 98 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi
2017 yil 16 sentyabr kuni taxminan soat 20:50 larda Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida aktyor Bahrom Yaqubov “Panda” nomli attraksiondan yiqilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U yiqilish asnosida sozlama uskunalarining tarkibiy qismi bo‘lmagan narvonga borib urilgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida Bahrom Yaqubovning qo‘li va oyog‘i singan, o‘ng yuzi faqatgina plastik jarrohlik yordamida tiklanishi mumkinligi aytilgan edi. Shuningdek, burni va jag‘iga yetgan shikast ko‘z kosasi sinishi hamda bir ko‘zidan ayrilishi bilan yakun topgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 2018 yildagi ijro varaqasiga binoan undiruvchi B.Yakubov foydasiga Alisher Navoiy nomli markaziy madaniyat va istirohat bog‘idan 28 mln. 495 ming so‘m moddiy zarar, shu sudning 15.01.2019 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, 70 mln. 000 ming so‘m miqdoridagi ma’naviy zarar undirilishi belgilangan edi.

Mazkur ijro varaqalar O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, bitta qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan mulkiy tusga ega bo‘lgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek, solidar javobgar bo‘lgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ijro ishlari bitta ijro ishi yurituviga birlashtirilib, Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi davlat ijrochisi M.Muxtorov tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Natijada istirohat bog‘ida sog‘lig‘iga ziyon yetishi natijasida moddiy-ma’naviy zarar ko‘rgan B.Yakubovga davlat ijrochisining sa’y-harakatlari natijasida 98 495 879 so‘m miqdorida zarar undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Attraksiondan yiqilib jarohat olgan aktyorga 98 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi