09:35 / 25.05.2019
3 415

Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – «Perfectum» savdoga qo‘yildi

Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – «Perfectum» savdoga qo‘yildi
O‘zbekistonda "Rubicon Wireless Communication" MChJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi. Qarzdor Rustam Madumarov, deb yozmoqda O‘zA.

Toshkent shahrida joylashgan "Rubicon Wireless Communication" MChJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub’ektlaridan edi.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205.587.016.500.00 so‘m etib belgilangan.

“Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI» mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan edi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rustam Madumarov Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri ekani aytiladi.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – «Perfectum» savdoga qo‘yildi