11:05 / 25.05.2019
3 794

Aliment to‘lashdan 7 yil qochib yurgan ota nihoyat "topildi"

Aliment to‘lashdan 7 yil qochib yurgan ota nihoyat "topildi"
MIB Qorovulbozor tuman bo‘limi ish yurituvida FIB kogon tumanlararo sudining 25.01.2012 yildagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor J.Kamolovdan undiruvchi D.Hamdamova foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituvida mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Qarzdor aliment pulini to‘lamaslik maqsadida 7 yil yashirinib davlat ijrochilaridan qochib yurgan hamda aliment pulini umuman to‘lamagan.
Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan qarzdor topilib 7 yillik aliment puli, ya’ni 40 mln so‘m aliment pullari undirilib tilxat asosida undiruvchiga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lashdan 7 yil qochib yurgan ota nihoyat "topildi"