12:27 / 25.05.2019
2 935

Ichki ishlar organlari qanday holatda fuqarolarning avtomobilidan majburiy tartibda foydalanadi?

Ichki ishlar organlari qanday holatda fuqarolarning avtomobilidan majburiy tartibda foydalanadi?
Ichki ishlar organlari xodimlari qator holatlarda fuqarolar avtomobilidan majburiy tartibda foydalanishi mumkin.

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasiga ko‘ra (Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish) Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin.

Bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno.

Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar organlari qanday holatda fuqarolarning avtomobilidan majburiy tartibda foydalanadi?