18:13 / 25.05.2019
3 529

O‘zbekistonda so‘roq qilish va tanib olishga doir yangi qoidalar kuchga kirdi

O‘zbekistonda so‘roq qilish va tanib olishga doir yangi qoidalar kuchga kirdi
JPKda voyaga yetmagan guvohlarni yoki jabrlanuvchilarni so‘roq qilish tartibiga aniqlik kiritildi, shuningdek tanib olish jarayonining xavfsizligi kafolatlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Ular hali bola-ku…

Jinsiy erkinlikka qarshi (JKning 118–121-moddalari), 18 yoshga to‘lmagan shaxslar savdosiga oid (JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi) jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish, shuningdek boshqa holatlarda so‘roq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada o‘tkazilishi mumkin.

Bunda ularning qonuniy vakillari, pedagog yoki psixolog ishtirok etadi, ular himoyachi bilan bir qatorda savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda ularning mohiyati o‘zgartirilmaydi.

So‘roqni maxsus xonalarda o‘tkazish, shuningdek audio- va video qayd etish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi. So‘roq qilish stenografiyasi, ko‘rsatuvlarning audio- va videoyozuvlari bayonnomaga ilova qilinadi.

Xavotir olmang, ular sizni ko‘rishmayapti

Jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish doirasida tanib olish qoidalariga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Qonun chiqaruvchi avvalboshdan tanib olinuvchining xavfsizligini ta’minlagan. Tergov harakatida shaxsning o‘zi hozir bo‘lmay, uning fotosuratidan foydalanilishi mumkin. Biroq ushbu tergov harakati doirasida barcha ishtirokchilarning xavfsizligi kafolatlanishi zarur.

Shu sababli endi Qonunda shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda bo‘ladi. Bu surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Tanib olish ko‘rsatilgan tartibda o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritiladi.

Qonun 24.05.2019 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda so‘roq qilish va tanib olishga doir yangi qoidalar kuchga kirdi