21:50 / 25.05.2019
6 024

Saida Mirziyoyeva qizi Saodatning va o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» suratini e’lon qildi

Saida Mirziyoyeva qizi Saodatning va o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» suratini e’lon qildi
Foto: Facebook / Saodat pianino chalmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida maktablarda navbatdagi o‘quv yili yakuniga yetganiga bag‘ishlangan post qoldirdi. Mirziyoyeva xonim postga ikkita suratni ham ilova qilgan — birida qizi Saodatning pianino chalayotgani aks etgan bo‘lsa, ikkinchisida o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» suratini ko‘rish mumkin.

Saida Mirziyoyevaning Facebook’da e’lon qilgan posti matni bilan quyida to‘liq tanishish mumkin.

Dam olish kunlari barchaga xayrli bo‘lsin!

Qolaversa, nafaqat navbatdagi hafta, balki butun bir o‘quv yili yakuniga yetmoqda. Bu shunday bir davrki, farzandlarimiz naqadar qiziquvchan, asosiysi, ulg‘ayib borayotgani tobora ayon bo‘ladi. O‘g‘ling trigonometrik funksiyalar va geometrik progressiyalarni osonlik bilan yechayotgani, rasmlari esa asta-sekin haqiqiy kartinalarga aylanayotganini sezasan.

Qizing esa musiqa darslarida Betxovenning «Elizaga» asarini yodlayotgani, o‘zbek, ingliz va rus tiliga qo‘shimcha ravishda fransuz tilini ham o‘rganishni istayotganini tushunasan.


Nega farzandlarimiz muvaffaqiyatlaridan o‘z yutuqlarimizdan ham ortiq faxrlanamiz, ularning kichik g‘alabalaridan xursand bo‘lamiz? Ehtimol, inson baxtli kelajakka inonishi uchundir. Shu ishonchning eng mustahkam poydevori esa bizning odobli va bilimli farzandlarimizdir!

Farzandlaringiz-chi, o‘quv yili yakunida ular sizni nima bilan xursand qildi?


Foto: Miromonning «Troya» kartinasi
Saida Mirziyoyeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva qizi Saodatning va o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» suratini e’lon qildi