17:14 / 27.05.2019
3 329

Yevropa standartlari?.. Eh, yana yangicha jarimami?

Yevropa standartlari?.. Eh, yana yangicha jarimami?
Foto: «firestock.ru»
«Yevropa standartlari», «jahon standartlari» – bu so‘zlarni eshitganda odamlar sapchiydigan bo‘lib qolishdi: yana nima to‘lov yoki jarima chiqar ekan deb. Chunki abituriyentlarning hujjat topshirishda to‘lov to‘lashimi, kunduzi chiroq yoqib yurishmi – xalqning cho‘ntagiga ta’sir qiladigan bir nechta qarorlarni shu «sous» bilan xalqqa yedirishga harakat qilindi. Sous ko‘payib ketsa, taom taxir bo‘ladi.

Yevropa standartlari degan vajni keltirar ekanmiz, avvalo, bu tushunchani aniqlashtirib olaylik.

Yevropa standartlari (EN) – shunchaki aytib yuboriladigan gap emas. Har bir standart o‘z hujjatiga ega. Yevropa standartlariga og‘zaki havolalarni yig‘ishtirib, o‘sha hujatlarni o‘rganib chiqish va asos o‘laroq ommaga taqdim qilish kerak.

Biz duch kelayotgan «Yevropa standartlari» – ko‘pincha Yevropaning u yoki bu mamlakatiga taalluqli (lokal) standartlar yoki shunchaki tavsiyalar bo‘lib chiqyapti.

Jahon standartlari degani esa undan ham mavhum. Aslida bunda «xalqaro standartlar» nazarda tutiladi. Lekin shu standartlarning ham asosi, ya’ni hujjati bo‘lishi kerak.

Ertaklar davri o‘tdi, davlat organlari o‘zlarini o‘zlari obro‘sizlantirishni istamasalar, hushyorroq bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi.

Imij – muhim, uni yo‘qotish oson, tiklash qiyin.
Shahnoza To‘raxo‘jayeva

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yevropa standartlari?.. Eh, yana yangicha jarimami?