Aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli aliment to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi. Jumladan, alimentchi ota V.K.ning ham chetga chiqishiga cheklov qo‘yilgan edi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining 01.02.2019 yilgi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor V.K.dan bir nafar farzandining voyaga yetgunga qadar har oylik ish haqi va boshqa daromadlarning 1/4 qismi miqdorida aliment undirilish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limida mavjud bo‘lib, qarzdor V.K.ning arizasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yilgi 808-sonli qaroriga asosan, Byuroning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan qarzdor ota V.K.ning 5 (besh) yillik, yani 01.05.2019 yildan 01.05.2025 yilga qadar 45.439.706 so‘m aliment pullari hisoblab berilgan.
Shundan so‘ng, qarzdor ixtiyoriy ravishda 45.439.706 so‘m aliment pullarini 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun to‘ladi va qarzdorning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari tiklab berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi