UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi videolavha tarqaldi. Unda Habib Nurmagomedovning osh tayyorlayotgani aks etgan. Tasvirda Samarqand palovi pishirilayotganini ko‘rish mumkin.
Bundan oldin, Habib Nurmagomedovning o‘zi instagramdagi sahifasida Toshkentga kelgani haqida post joyladi.
«Mehmondo‘stlik uchun rahmat, birodarlar. Toshkent salqin ekan, lekin iftordagi Samarqandcha osh tanani yayratadi»,- deb yozdi Nurmagomedov instagramdagi postida. Suratda Nurmagomedov o‘zbekistonlik Otabek Umarov hamda Oybek Tursunov bilan tushgan.
Shuningdek, Habib Nurmagomedov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov bilan birgalikda mashg‘ulotda ham qatnashdi. Bu haqda Otabek Umarov o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi