17:30 / 30.05.2019
3 603

Jizzaxda 26 bosh ot o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Jizzaxda 26 bosh ot o‘g‘rilari qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining Forish tumanida shu yil 20 mart kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi A.T. viloyat IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning 2017-2018 yillar mobaynida Forish tumani Egizbuloq QFY hududidagi dala maydonida yurgan 26 bosh otlari yo‘qolganligini ma’lum qilgan holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzacho‘l tumani Yerjar mahallasida yashovchi 45 yoshli B.D., qarindoshi, Do‘stlik MFY Oxunboboyev mahallasida yashovchi 37 yoshli E.D. va Arnasoy tumani Zarafshon QFYda yashovchi 27 yoshli Ye.O.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 26 bosh ot o‘g‘rilari qo‘lga olindi