09:04 / 31.05.2019
3 390

Toshkentda yana bir avtomobil yonib ketdi. Bu safar Mercedes-Benz (foto)

Toshkentda yana bir avtomobil yonib ketdi. Bu safar Mercedes-Benz (foto)
2019 yilning 30 may kuni soat 10:16da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 7-uy oldida Mercedes-Benz rusumli yengil avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar berilgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan.

Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 7 daqiqada yetib borganda avtomashinaning motor qismi yonib zararlangani va yong‘in haydovchi hamda yo‘lovchilar tomonidan o‘chirilganligi ma’lum bo‘lgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Yong‘inni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Toshkentda «Gazel» yuk avtomashinasi yonib ketgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yana bir avtomobil yonib ketdi. Bu safar Mercedes-Benz (foto)