“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktablar ta’lim dasturini takomillashtirish haqida petitsiya e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda maktablarda o‘qitilayotgan fanlarni kundalik hayotda qanchalik kerak bo‘lishi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Ayrim fanlardan o‘tiladigan uzoq mintaqalardagi o‘simlik yoki hayvonot dunyosi haqidagi ma’lumotlar hayot davomida umuman kerak bo‘lmasligi mumkinligi aytiladi.
“Ularning o‘rniga shu bugun hayotiy zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishga yo‘naltirilgan predmetlarni maktab o‘quv dasturiga kiritish, xususan, nutq talaffuzi, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyati, aeroport va vokzallarda (shuningdek, amaliy tarzda samolyot va poyezdlarda) o‘zini tutish kabilarni o‘zida qamrab olgan yangi fanlarni o‘qitish zarur deb hisoblayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab dasturlari (botanika, zoologiya, fizika, ximiya, algebra kabi fanlarni 20-30 foizga) qisqartirib, o‘rniga zarur fanlar bilan boyitish hisobiga xalq ta’limini rivojlantirish taklif qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi