21:30 / 31.05.2019
5 908

Sangzor daryosi nega teskari oqadi?

Sangzor daryosi nega teskari oqadi?
Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati
Jizzax viloyati hokimligi teskari yo‘nalishda oqishi bilan ko‘pchilikni hayratga soladigan Sangzor daryosi haqida maqola chop etdi. Quyida ushbu maqola to‘lig‘icha havola etildi.

— Zarafshon daryosi bundan 2300-2400 yil ilgarigi tarixiy manbalarda «Politemit», ya’ni o‘zidan zar oqizuvchi deb atalgan, — deydi Jizzax davlat pedagogika institutining tarix fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi Ahror Pardayev.

— Daryoning shakllanishi bundan million yillar avvalgi eng qadimgi galaksen davri bilan o‘lchanadi. O‘sha davrda Sangzor daryosi Zarafshonning o‘ng qo‘l irmog‘i sifatida Chumqartovdan, ya’ni Baxmal tog‘laridan boshlanib, shimoli-g‘arbga hozirgi Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasidagi «Yuqori nuqta»dan qariyb 10 kilometrlar janubdan Zarafshonga borib quyilgan.

Yerning zilzilalar natijasida o‘sishi Apokalipsis — hodisasi deyiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bundan million yillar avvalgi ana shunday hodisa natijasida yer sathining relefi o‘zgarib ketgan. Bu hodisa Zarafshonning o‘ng irmog‘i bo‘lgan Sangzorning o‘zaniga ham ta’sir ko‘rsatgan. Yerning tuzilishi o‘zgarib, qiyalik chapga og‘ganidan keyin Sangzor orqaga qarab oqa boshlaydi. Natijada Baxmal qishlog‘idan shimolga qarab Nurota tog‘igacha, g‘arbdan Bulung‘ur atrofigacha katta ko‘l paydo bo‘ladi.

Vaqt o‘tib, suv ko‘paygani sayin uning bosimi ham kuchayib boradi. Natijada Nurota va Molguzar tizmalari tutashgan eng kuchsiz, ensiz joyidan suv sizib o‘tib dastlab sharq tomonga qarab oqa boshlaydi. Yig‘ilgan suv bosimi ostida tog‘ tizmasining yemirilishidan Temir darvozaning o‘rni paydo bo‘ladi. Sekin-asta ikki tog‘ o‘rtasida dara shakllanib, undan oqayotgan suv to‘g‘ri Sirdaryoga borib quyilgan. Yillar o‘tib daryo o‘zanini o‘zgartirgan va shimol tomonga, teskari oqa boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sangzor daryosi nega teskari oqadi?