14:13 / 01.06.2019
3 001

O‘zbek oshpazlari Grozniyda minglab kishilarga iftorlik qilib berdi

O‘zbek oshpazlari Grozniyda minglab kishilarga iftorlik qilib berdi
O‘zbek palovi dunyoni zabt etishda davom etmoqda: bu safar oshpazlar Grozniy shahridagi markaziy maydonda, ya’ni "Checheniston yuragi" masjidi yonida minglab kishilar uchun iftorlik uyushtirishdi va tabiiyki iftorlikka kelganlar uchun o‘zbek palovini tayyorladilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Maydonning o‘zida oshxonalar hozirlanib, ulkan doshqozonlar o‘rnatildi. Kavkaz va Osiyo oshxonalari taomlari, desertlar tayyorlandi", - deb xabar qiladi nashr.

Ushbu iftorlikda 20 ming kishi uchun palovni o‘zbekistonlik oshpazlar tayyorlashgan.
Masjid oldidagi maydonda odamlar o‘tirib dam olishlari uchun yuzlab metr gilamlar to‘shaldi, dasturxonlar yozildi va o‘zbek palovi tortildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek oshpazlari Grozniyda minglab kishilarga iftorlik qilib berdi