Foto: O‘zA
Marg‘ilon shahrida yashovchi Habibullo Usmonov uyining yerto‘lasida yashirin ravishda sex tashkil etib, hech qanday hujjatlarsiz, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan Coca-Cola, Fanta, Pepsi savdo belgisidagi ichimliklarni qonunga xilof ravishda tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uning noqonuniy faoliyati fosh bo‘ldi.
Undan 65 dona 1,5 litr va 2 dona 1 litr sig‘imli idishlardagi Pepsi, 26 dona 1,5 litr va 1 dona 1 litr sig‘imli idishlardagi Fanta, 14 dona 1,5 litr sig‘imli idishlardagi Coca-Cola nomli ichimliklar, 2 dona kislorod balloni, 658 dona yelim qopqoq, 10 dona qadoqlash selofan paketi va 500 dona bo‘sh yelim idishlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Farg‘ona viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan ichimliklar iste’molchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining sayyor sud majlisida H. Usmonovning jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga tegishli jazo tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi