10:40 / 02.06.2019
4 975

Maktabgacha ta’lim vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar uchun bayram uyushtirdi

Maktabgacha ta’lim vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar uchun bayram uyushtirdi
1 iyun kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi (MTV) Yaqin Sharqda uzoq davom etgan qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan ayollar va bolalar uchun bayram tashkil etdi. Bu haqda MTV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Suriyadan qaytgan ayollar va bolalar uchun Toshkent viloyatidagi sanatoriy hududida bolalar bayrami tashkil etildi. Turli yoshdagi 100dan ortiq bolalar uchun sovg‘alar va shirinliklar taqdim etildi, ijodiy mahorat darslari va animatorlar ishtirokidagi yorqin chiqishlar tayyorlandi.

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi
“Qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan bolalarni oldinda ijtimoiy moslashuv kabi murakkab davr kutmoqda. Bugungi bayram ulardagi ijobiy his-tuyg‘ularni qayta tiklash va hayotlarining dastlabki yillarida ko‘rgan jabr va ayanchli xotiralarini oz bo‘lsa-da bartaraf etishga qaratilgan birinchi qadamdir. Bolalarning tinch hayotga qaytganiga uch kun bo‘ldi va biz ularda ijobiy hissiyotlar paydo bo‘layotganini ko‘ryapmiz: ular atrofdagilar uchun tobora ochilib, hayotga qiziquvchanlikni namoyon etishmoqda.

Ammo bolalarning jamiyatga to‘liq moslashuvchi uchun xali juda ko‘p ishlar amalga oshirilishi lozim. Ularning jamiyatga va dunyoga bo‘lgan ishonchini tiklash uchun barchamizdan vaqt, sabr va cheksiz muhabbat talab etiladi", - deydi MTVning maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish va strategik rivojlantirish bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi
Shahnoza Mirziyoyeva ziddiyatli hududlardan qaytgan ayollar bilan suhbatlashar ekan, ularning dardlarini tingladi va yo‘llagan savollariga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, har bir bola, qayerda tug‘ilganidan qat’i nazar, davlat himoyasi ostida bo‘ladi, bolalarning onalari esa psixologik va ijtimoiy yordam bilan ta’minlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktabgacha ta’lim vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar uchun bayram uyushtirdi