15:07 / 02.06.2019
3 148

10 000 AQSh dollarini «uxlatgan shakarchi» qo‘lga olindi

10 000 AQSh dollarini «uxlatgan shakarchi» qo‘lga olindi
Toshkent shahrida shakar bilan biznes qilishini aytib, 10 000 AQSh dollarini o‘zlashtirib ketgan inson qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, 2019 yil 31 may kuni Toshkent shahar IIBB TBdan tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, shu yil 3 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 53 yoshli B.K. Alimkent 1-tor ko‘chasida 57 yoshli P.M.dan 10 000 AQSh dollari olgan. B.K. shakar mahsulotlari bilan oldi-sotdi qilishini aytib, pullarni qo‘lga kiritgan va ushbu pullarni vaqtida qaytarmasdan o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.K. ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 10 000 AQSh dollarini «uxlatgan shakarchi» qo‘lga olindi