Adliya vazirligi yo‘l-patrul xizmati xodimi qaysi hollarda haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli ekanligini eslatdi.
Bildirilishicha, quyidagi hollarda YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:
- transportdagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;
- haydovchi transportni mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;
- transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;
- transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
- haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;
- haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi (charchoqlik va betoblik) mumkin bo‘lgan hollarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»