17:00 / 02.06.2019
6 195

Xorijga chiqish biometrik pasporti uchun qanday hujjatlar kerak?

Xorijga chiqish biometrik pasporti uchun qanday hujjatlar kerak?
Adliya vazirligi xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘lishini yana bir bor eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (pasport stol) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

— ariza-anketa;
— biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
— ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
— vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
— harbiy guvohnoma yoki boshqa hujjat – harbiy xizmatga majburlar uchun;
— davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (243 ming 276 so‘m, 16 yoshga yetmaganlar uchun 162 ming 184 so‘m);
— ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi – voyaga yetmaganlar uchun;
— fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati – voyaga yetmaganlar uchun.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijga chiqish biometrik pasporti uchun qanday hujjatlar kerak?