Barchasi istashga undovchi o‘sha narsada

  • 16 iyun 2019, 13:20
  • 944
  • Jamiyat
  • Barchasi istashga undovchi o‘sha narsada
    Bugungi va bundan buyongi turmushimizni axborot makoni, ayniqsa, Internet tarmog‘isiz tasavvur qilish juda qiyin, albatta. Bir ishga qo‘l urishga chog‘langan har qaysi inson, tashkilot mazkur makon va tarmoqda o‘z o‘rniga ega bo‘lish hamda shu tariqa o‘zligini ko‘rsatish, muddaosiga yetishni ham oldindan o‘ylashi tabiiy, hatto zarurdir.

    Shu ma’noda, O‘zA dagi “Bolahuquqlari.uz sayti test rejimida ishga tushirildi” xabarini o‘qiganimizda, yaxshi ish boshlanibdi, o‘yi o‘tishi barobarida uning manzili lotin alifbosidagi g‘irt o‘zbekchaligiga ham e’tibor qaratdik. Arzimasdek ushbu jihat diqqatimizni tortgani bejizmas.

    Sababi anchadan buyon kuzatib kelayotganimiz – milliy saytlarimizning manzillariga xos, yozilgan-yozilmagan tartib-qoidalar, milliylik, til siyosati bilan bog‘liq bosh-boshdoqlik, chalkashlik, begonaparastlik, bilimsizlik, farosatsizliklar bilan bog‘liqdir. Masalan, nega aynan www.gov.uz? Davlat, hukumat singari o‘z atamalarimiz bor-ku? Mazkur saytda e’lon qilingan “Davlat organlari veb-saytlari ro‘yxati”ga yuzaki ko‘z tashlashning o‘zidayoq, ular ko‘pchiligining “ismi jismiga teng emasligi” sezilmay qolmaydi:

    Iqtisodiyot va sanoat vazirligi - www.mineconomy.uz, Moliya vazirligi - www.mf.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - www.edu.uz, Xalq ta’limi vazirligi - www.uzedu.uz, Sog‘liqni saqlash vazirligi - www.minzdrav.uz, Tashqi ishlar vazirligi - www.mfa.uz, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi - www.mift.uz, Adliya vazirligi - www.minjust.uz, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi - www.mjko.uz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - www.mitc.uz, Maktabgacha ta’lim vazirligi - www.mdo.uz, Innovatsion rivojlanish vazirligi - www.mininnovation.uz, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi - www.minsport.uz, Qurilish vazirligi - www.minstroy.uz, Qishloq xo‘jaligi vazirligi - www.agro.uz, Suv xo‘jaligi vazirligi - www.water.gov.uz, Transport vazirligi - www.autotrans.uz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi - www.gkk.uz, Davlat bojxona qo‘mitasi - www.customs.uz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi - www.uznature.uz, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - www.uzbektourism.uz, “O‘zarxiv” Agentligi - www.archive.uz, Davlat veterinariya qo‘mitasi - www.vetgov.uz, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi - www.scis.uz, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi - www.csm.gov.uz, Fanlar akademiyasi - www.academy.uz, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki - www.nbu.uz, O‘zsanoatqurilishbank - www.uzpsb.uz, Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti - www.nimfogo.uz, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - www.religions.uz, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi - www.interkomitet.uz, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi www.manaviyat.gov.uz, Savdo sanoat palatasi - www.chamber.uz, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - www.natlib.uz, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi - www.ncdc.uz, Davsuvxo‘jaliknazorat - www.v-nadzor.gov.uz, O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi - www.uzex.uz, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi - www.ufrd.uz, O‘zbekengilsanoat - www.legprom.uz, O‘zbekiston temir yo‘llari - www.railway.uz, O‘zbekiston havo yo‘llari www.uzairways.com...

    Diqqat qilinganidek, davlat tashkilotlarining nomlanishi o‘zbekcha – davlat tilida bo‘lgani holda elektron manzillari ruscha, inglizcha!

    Ayniqsa, ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat, din bilan bog‘liq idoralarga oid misollar kishini qattiq o‘ylantiradi, qiynaydi, tashvishga soladi. Davlat tilimizning obro‘ va o‘rnini mustahkamlashdek o‘ta nozik masalada avvalo davlat idoralari o‘rnak ko‘rsatmasalar, boshqalardan nimani ham talab qilish mumkin? Shu bilan birga, ibratli misollar ham borligi oz bo‘lsa-da taskin beradi, biroq butunlay tinchlantirmaydi, eng muhimi, shu yumushni uddalashimiz mumkinligini isbotlaydi:

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi - www.mehnat.uz, Ichki ishlar vazirligi - www.iiv.uz, Mudofaa vazirligi - www.mudofaa.uz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi - www.fvv.uz, Madaniyat vazirligi - www.madaniyat.uz, Davlat soliq qo‘mitasi - www.soliq.uz, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi - www.ygk.uz, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi - www.urmon.uz, Intellektual mulk agentligi - www.ima.uz, “O‘zbekkino“ Milliy Agentligi - www.uzbekkino.uz, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi - www.davaktiv.uz, Oliy attestatsiya komissiyasi - www.oak.uz, “Asaka“ banki - www.asakabank.uz, Qishloq qurilish bank - www.qishloqqurilishbank.uz, Ipoteka-bank - www.ipotekabank.uz, Mikrokreditbank -www.mikrokreditbank.uz, Agrobank - www.agrobank.uz, Xalq banki - www.xb.uz, “SIFAT” markazi - www.sifat.uz, Davlat test markazi - www.dtm.uz, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi - www.markaz.uz, O‘zdavenergonazorat - www.energonazorat.uz, O‘zdavdoninspeksiya - www.uzddi.uz, O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi - www.uzngi.uz, Davsuvinspeksiya - www.davsuvinspeksiya.uz, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublikasi kengashi - www.mahallakengashi.uz, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi - www.yi.uz, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi - www.kasaba.uz, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi - www.uzfk.uz, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) - www.uza.uz, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi - www.mtrk.uz...

    Demak, inson istasa, qalovini topadi: www.surxondaryo.uz (Surxondaryo viloyati hokimiyati), www.sirdaryo.uz (Sirdaryo viloyati hokimiyati), www.buxoro.uz (Buxoro viloyati hokimiyati), www.qashqadaryo.uz (Qashqadaryo viloyati hokimiyati), www.toshvil.uz (Toshkent viloyati hokimiyati). Istamasa-chi, aniqrog‘i, istashga undovchi narsa bo‘lmasa-chi? Unda bunday ish tutadi: Toshkent shahar hokimiyati - www.tashkent.uz, Andijon viloyati hokimiyati - www.andijan.uz, Farg‘ona viloyati hokimiyati - www.ferghana.uz...

    Barchasi istashga undovchi o‘sha narsada!
    Azamat Ziyo

    Manba: Uza.uz

    » » Barchasi istashga undovchi o‘sha narsada