Prezident har bir hokimga kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish boʻyicha topshiriq berdi

  • 03 iyun 2019, 12:30
  • 1 205
  • Jamiyat
  • Prezident har bir hokimga kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish boʻyicha topshiriq berdi
    Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Toshkent viloyatiga qoʻshimcha 100 mlrd soʻm ajratilishini maʼlum qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    “Har bir oila — tadbirkor” dasturi boʻyicha Toshkent viloyati aholisiga 350 milliard soʻm ajratish rejalashtirilgan.

    — Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda yana 100 milliard soʻm ajratish chorasini koʻrsin, — dedi Prezident.

    Shuningdek, davlat rahbari har bir hokimga yil yakuniga qadar kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish, buning uchun mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish lozimligi boʻyicha topshiriq berildi.

    — Fargʻonada 4 million aholi yashaydi. Toshkent viloyatida 3 million. Fargʻonadan qancha taklif kelayapti. Bu yerda birorta hokim chiqmadi: Bizga yana 3 milliard soʻm kredit ajrating, deb — dedi davlatimiz rahbari.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prezident har bir hokimga kam taʼminlangan oilalar sonini keskin kamaytirish boʻyicha topshiriq berdi