10:47 / 04.06.2019
5 890

O‘zbekistonda 1 avgustdan yana bir soha xodimlarining maoshi oshiriladi

O‘zbekistonda 1 avgustdan yana bir soha xodimlarining maoshi oshiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Bolalar musiqa va san’at maktablarining rahbar, o‘qituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirliklarining bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar, o‘qituvchi va konsertmeysterlarining oylik maoshlarini umumiy ta’lim maktablari o‘qituvchilari maoshiga tenglashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

2019 yil 1 avgustdan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar-xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori o‘qituvchi va konsertmeysterlar uchun 1.6 barobar hamda rahbarlar uchun 1.9 barobarga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatida xorijiy mamlakatlarning musiqa va san’at sohasidagi eng yaxshi yutuqlari asosida zamonaviy ta’lim berish texnologiyalarini joriy etadi;

bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim sifatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan, uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, fidoiy pedagog-xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar-xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur qarordan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlaydi.

Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasi 5-, 5.1-bandi, 2-ilovasi 1.8., 2.8.-bandi hamda 3-ilovasi 3-bandlaridagi jadvallarda ko‘rsatilgan bolalar musiqa va san’at maktablari so‘zlari chiqarib tashlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 1 avgustdan yana bir soha xodimlarining maoshi oshiriladi