13:00 / 04.06.2019
5 295

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilishi mumkin:

332-moddaning birinchi qismidagi “topshirilgan kundan boshlab “o‘n besh kundan” degan so‘zlar “topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

quyidagi mazmundagi 332-1-modda bilan to‘ldiriladi:

“332-1-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi

Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

- ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima sud tomonidan tayinlanganda;
- jarima solish to‘g‘risidagi qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest berilganda;
- xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda”.

335-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi