15:50 / 04.06.2019
3 881

Suriya jangohlaridan qaytgan ayol bilan suhbat (video)

Suriya jangohlaridan qaytgan ayol bilan suhbat (video)
YouTube’dagi «Oq va qora» kanalida Suriyadan O‘zbekistonga olib kelingan ayollar bilan o‘tkazilgan intervyudan parcha e’lon qilindi. Unda qo‘qonlik Inoyatova Muslima ismli ayol boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab bergan.

«2012 yili iqtisodiy sabablarga ko‘ra Turkiyaga ishlagani bordik. Dadasi ham, men ham u yerda ishladik. Turkiyada qizimizni o‘zini qirg‘izistonlik Azamatman deb tanishtirgan yigitga turmushga berdik. Qizim homilador bo‘lgan vaqtda ular yo‘q bolib qolishdi. Keyinchalik kuyovim Suriyada vafot etganini eshitdik. Tanish-bilishlar orqali qizimni olib kelish niyatida Suriyaga bordik. Borganimizdan keyin bizni olib kelgan odamni o‘zi mamlakatdan chiqib ketdi, biz esa qolib ketdik.

U yerda ham qizimga sovchilar kela boshladi. Biz bermay turaverdik. Suriyadagilar fitna qilib, gap-so‘zlarni ko‘paytira boshlashdi. Suriyadan chiqib ketishmoqchi shekilli bular deyishdi. Dadasi ishga kirmagani uchun uni ham gapirishdi. Dadasi oshpaz bo‘lib ishga kirib uzoqroqqa ketganida, biz qiynalib qolardik. Shu sababli qizimizni yana bir bor turmushga berdik.

Ikki yil ichida shaharlarimiz ketib, biz Taqqa degan joyga kelib qoldik. Qizimni ikkinchi eri 2017 yilning aprelida vafot etdi. Chiqib ketishga harakat qildik, lekin iloji bo‘lmadi. Balki bu ham yaxshilikka bo‘lgandir. Chunki chiqib ketganlarni (Suriyadan) eshitdik, Idlibda erkaklarini ko‘pchiligi otilib, faqat ayollari qoldi deyishdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bizni to‘g‘ri tushungan holda bizni olib chiqdilar. U yerdagi ko‘plab mazlumalar bizga xavas qilganicha qoldi. Endi umid qilaman yo‘llar ochilib, dadasi ham chiqib qolsa. Biz adashganimizni Suriyaga kirishdan oldin ham his qilganmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suriya jangohlaridan qaytgan ayol bilan suhbat (video)