10:20 / 05.06.2019
3 783

Toshkent viloyatining tuman va shaharlarini boshqarish oliy rahbariyatdagi mas’ul shaxslarga yuklanadi

Toshkent viloyatining tuman va shaharlarini boshqarish oliy rahbariyatdagi mas’ul shaxslarga yuklanadi
Toshkent viloyatdagi 4 ta yirik – Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika bo‘ysinuviga o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Viloyatning o‘zida qolgan 18 ta hududiy birligi (avval 22 ta edi) respublika oliy rahbariyatidagi mas’ul shaxslarga boshqaruv va umumiy rahbarlik uchun bo‘lib beriladi. Bu haqda «Toshkent haqiqati» gazetasining telegramdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Administratsiya rahbari, DXX rahbari, Bosh prokuror, IIV vaziri endilikda o‘zlariga biriktirilgan hududlarga o‘z asosiy ishlaridan ajralmagan holda bevosita rahbarlik qiladilar.

Demak:

- Quyichirchiq, Yangiyo‘l tumani va shahri Prezident Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinovga;
- Bo‘ka, Piskent, Yuqorichirchiq tumanlari Prezident maslahatchisi T.Xudoybergenovga;
- Zangiota, Chinoz, Toshkent tumanlari DXX rahbari A.Azizovga,
- Parkent, Qibray, Bo‘stonliq tumanlari IIV rahbari P.Bobojonovga;
- Bekobod, Ohangaron tumani va shahri Bosh prokuror O.Murodovga;
- Oqqo‘rg‘on va O‘rtachirchiq tumanlari viloyatning yangi rahbari R. Xolmatovga shaxsan javobgarlik bilan biriktirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatining tuman va shaharlarini boshqarish oliy rahbariyatdagi mas’ul shaxslarga yuklanadi