16:53 / 06.06.2019
3 938

Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi, 3 nafarining ahvoli og‘ir

Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi, 3 nafarining ahvoli og‘ir
Toshkentda 4 iyun kuni 15 kishida ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

4 iyun kuni soat 17. 00 dan 6 iyun soat 12.00 ga qadar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 11 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 3 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.

Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, «Ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlariniki o‘rtacha og‘irlikda.

Shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli barcha namunalar olinib, malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Dori darmon zahiralari yetarli darajada.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bemorlarning 11 nafari kasalliklarini Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uyda joylashgan, 4 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylashgan «GRAND AZIA PLUS» MChJga qarashli «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’mol qilganliklari bilan bog‘lamoqda.

«GRAND AZIA PLUS» MChJga qarashli «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shoxobchasida qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazish uchun Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili nomiga Toshkent shahar DSENM tomonidan 2019 yil 6 iyundagi 07-11/4388-sonli ma’lumotnoma ko‘rib chiqish va xulosa olish uchun berildi.

Poytaxtda yuz bergan ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etildi. Vazirlik tomonidan yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyiga chiqib o‘rganilib, bemorlarga va mutaxassislarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi, 3 nafarining ahvoli og‘ir