Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamda fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuv videosi tarqaldi.
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati voqea yuzasidan Kun.uz’ga ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 5 iyun kuni soat 22:50lar atrofida Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabi oldida o‘tkazilayotgan «Avtopatrul» reyd-tadbiri davomida harakatlanib kelayotgan mashinalarni to‘xtatib, tekshirilgan. Bu jarayonda yo‘l-patrul xizmati xodimi S.N. harakatlanib kelayotgan mashinalarga «Diqqat» ishorasini berib, to‘xtatish chorasini qo‘llagan.
Reyd davomida «Kobalt» rusumli davlat raqami 30 N 492 SA bo‘lgan avtomashina haydovchisi YPX xodimini ko‘rib, o‘z boshqaruvidagi ulovni 100 metr oldinroqda to‘xtatib, avtomashinasidan tushib orqaga qarab qocha boshlagan. YPX xodimi haydovchini spirtli ichimlik iste’mol qilganlikda gumon qilib, uni ushlash bo‘yicha Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan «Yevraaziya» oshxonasi oldida xizmat olib borayotgan ikkinchi otryad xodimlariga xabar bergan.
Aloqa vositasi orqali berilgan xabarga asosan haydovchi ushlanib, boshqaruvida bo‘lgan avtomashina oldiga olib kelinayotgan vaqtda haydovchining ikki nafar tanishi va ko‘chada bo‘lgan bir necha kishi uni qochirib yuborish maqsadida YPX xodimiga yopishib, haydovchining qochib ketishi uchun sharoit yaratgan.
Hodisa joyiga yordamga yetib kelgan serjant S.N va ikkinchi otryad ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori serjant B.Q. haydovchini ushlab, serjant B.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan patrul avtomashinasiga joylashtirishgan.
Haydovchi olib borilgan suhbat davomida o‘zini Urgut tumani O‘ramas qishlog‘ida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.T. ekani, tushlik vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilgani, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan hujjatlari yo‘qligi va qo‘llaniladigan jarima miqdoridan qutulish maqsadida YPX inspektorlaridan qochishga harakat qilganini ma’lum qilgan.
Haydovchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda esa hushyor holatda bo‘lgani aniqlangan. Unga nisbatan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargani va YPX inspektorining qonuniy talabiga buysunmagani holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
YPX inspektorlari va haydovchi tan jarohati olmagan. Haydovchi hamda uning tanishlari YPX inspektoriga qarshilik qilgani sabab bu holat bo‘yicha ularga nisbatan viloyat IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi