11:32 / 07.06.2019
3 291

O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilganlik guvohnomasi joriy etiladi

O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilganlik guvohnomasi joriy etiladi
O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilganlik guvohnomasi joriy etiladi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

«Bir-ikki kunda bu hujjat chiqib qoladi. Fuqarolarimizning aksariyati norasmiy mehnat turi bilan band, deylik, uyida repetitorlik yoki frilanserlik qiladi, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritadi, bir martalik ish turlari bilan bandlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Albatta, bu fuqarolarimiz rasmiy sektorga o‘tishlariga imkoniyat beradi. Yangi tizim norasmiy sektorda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga stajni rasmiy sotib olish imkonini taqdim etadi», — deqdi Kudbiyev.

Vazir ushbu yangi tizim mehnat munosabatlari sohasida haqiqiy katta siljish bo‘lishiga ishonch bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilganlik guvohnomasi joriy etiladi