14:04 / 07.06.2019
2 946

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kursantlar bilan dona surdi

13 yoshidayoq jahonning eng yosh grossmeysteri sifatida tarix sahifalariga muhrlangan Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari uchun mahorat darsini o‘tdi.
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kursantlar bilan dona surdi
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avvaliga shaxmatchi va kursantlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazilib, kursantlar Nodirbekning faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shundan so‘ng yosh grossmeyster kursantlar bilan dona surdi. Professional shaxmatchi o‘z tajribasini namoyon etib, yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

“Nodirbek shaxmat bo‘yicha jahon chempioni. FIDE ustasi. 2012 yil Sloveniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida va 2014 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medal bilan taqdirlangan. 2017 yil xalqaro turnirda uchinchi bor xalqaro grossmeyster talabini bajardi. Iqtidorli yosh sportchining bu muvaffaqiyati jahon shaxmat olami tarixida ikkinchi natija, deya e’tirof etildi”, — deydi Nodirbekning murabbiyi, xalqaro grossmeyster Saidali Yo‘ldoshev.

Nodirbekning opasi Bahora ham shaxmatda ko‘p yutuqlarga erishgan. Bahora bir necha marta shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan respublika va jahon chempionatlarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan.

Nodirbek va Bahoraning otasi zaxiradagi podpolkovnik Fazliddin Ochilov bo‘ladi. Fazliddin Ochilov ayni vaqtda Qurolli Kuchlar akademiyasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Manba: Kun

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kursantlar bilan dona surdi