Kecha, 7-iyun kuni soat taxminan 22:10larda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yoʻlida (“CRAFERS” zavodi) yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Poytaxt IIBB xabariga koʻra, piyoda, 22 yoshli G.I. yoʻlni belgilanmagan joydan, piyodalar oʻtish yoʻlagidan 25 metr narida kesib oʻtayotgan boʻlgan. “Lasetti” yengil avtomashinasi haydovchisi, 41 yoshli X.X. piyodani urib ketgan. Shundan soʻng u boshqaruvni yoʻqotib, “Kobalt” (haydovchisi 49 yoshli Yu.A.) avtomobili bilan toʻqnashgan. “Lasetti” urib ketishi oqibatida piyoda 39 yoshli K.D. boshqaruvida boʻlgan “Shacman” yuk mashinasi ostida qolgan.
Xabarda aytilishicha, YTH tufayli piyoda G.I. va “Lasetti” avtomobili yoʻlovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok boʻlgan. «Kobalt yoʻlovchisi, 23 yoshli Yu.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. “Lasetti” avtomobili haydovchisiga tibbiy yordam ambulator sharoitda koʻrsatildi, shundan keyin u kasalxonadan chiqarildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTHga piyoda yoʻlni belgilanmagan joydan, piyodalar oʻtish yoʻlagidan 25 metr naridan kesib oʻtayotgani sabab boʻlgan, deyiladi IIBB xabarida.
Tergov davomida “Lasetti” haydovchisining aybdorlik darajasi oʻrnatiladi.
“Hurmatli haydovchilar va piyodalar! Yoʻl harakati qoidalariga rioya qiling! Yodingizda boʻlsin: bitta notoʻgʻri qadam sizning va yoʻl harakati boshqa qatnashchilarining umriga zomin boʻlishi mumkin”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?