21:04 / 08.06.2019
4 290

Kishi birovga yolg‘on gapirsa va u kishi bunga ishonsa

Kishi birovga yolg‘on gapirsa va u kishi bunga ishonsa
Sufyon ibn Usayd Hazromiydan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: "Hiyonatning eng kattasi bir birodaring senga ishonib tursa-yu, unga yolg‘on gapirishingdir", deganlarini eshitdim".

Sharh: Haqiqatan ham, birov sizga ishonib tursa, sizdan maslahat so‘rasa yoki qandaydir bir xabarning haqiqatini bilmoqchi bo‘lsa, sizni rostgo‘y deb bilib tursa-yu, siz bila turib unga yolg‘on gapirsangiz, bu katta bir xiyonatdir.

Birovni aldash, yolg‘on ma’lumot berish, birovning ishonchini oqlamaslik, o‘ziga ishonib turgan odamga yolg‘on gapirish nihoyatda og‘ir ish ekanini ushbu hadisi sharifdan bilib olamiz.

Umuman, yolg‘on gapirishning o‘zi katta gunoh hisoblanadi. Ammo o‘ziga ishonib turgan odamga bilib turib yolg‘on gapirish xiyonat darajasidagi yolg‘onchilik ekan. Bu narsadan juda ehtiyot bo‘lishimiz zurur.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kishi birovga yolg‘on gapirsa va u kishi bunga ishonsa