14:40 / 09.06.2019
3 198

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi soddalashtiriladi
Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

- moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yoki ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalar tugatildi;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan bir yilda ustav fondi shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlarni tugatish tartibi bekor qilindi;
- tadbirkorlarni tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar qisqartiriladi.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

- tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda:
- davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berish talab etilmaydi;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi;
- tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;
- tekshirish uchun korxona to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni olish Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;
- korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati 6 oydan oshmasligi kerak (amaldagi qonunchilikka muvofiq bu muddat 9 oy);
- tadbirkorlik sub’ektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatishda ariza beruvchidan to‘lovlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasini olish talab etilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi soddalashtiriladi