21:12 / 09.06.2019
3 531

Bosh prokuratura Marg‘ilon shahar bozoridagi yong‘in bo‘yicha axborot berdi

Bosh prokuratura Marg‘ilon shahar bozoridagi yong‘in bo‘yicha axborot berdi
Foto: Videodan skrinshot
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bozorida yong‘in bo‘lgani haqida xabar berib o‘tilgan edi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha rasmiy bayonot berildi.

2019 yil 08 iyundan 09 iyunga o‘tar kechasi soat 02:10 larda Marg‘ilon shahar, Pichoqchi MFY, Hiyobon ko‘chasi, 174A-uyda joylashgan «Marg‘ilon umumiy ulgurji savdo» MChJga qarashli ulgurji va chakana tovarlar sotishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli savdo pavilonida yong‘in sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, pavilonda tungi navbatchilikda qolgan Sh.I. soat 02:00 larda 3-sonli savdo paviloni tom qismidagi elektr simida qisqa tutashuv bo‘lib, kuchli chaqnash yuz berganligini va natijada yong‘in kelib chiqqanligini ko‘rib, binoni elektr tarmog‘idan uzib, bu haqda darhol Marg‘ilon shahar yong‘in qutqaruv qismiga xabar bergan.

Soat 02:10 da yong‘in qutqaruv xodimlari hodisa joyiga yetib borgan va soat 04:20 da yong‘in bo‘lgan hudud qurshab olingan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yong‘in soat 05:40 da bartaraf etilgan. Kelib chiqqan yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar bo‘lmadi. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sabablari va buning oqibatida tadbirkorlarga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida bozorning 1575 kv. metr maydonida tomi va ichki qismi va unda saqlanayotgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan.

Ushbu bozorda jami 243 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo-sotiq faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Marg‘ilon shahar bozoridagi yong‘in bo‘yicha axborot berdi