22:20 / 09.06.2019
4 090

Bir yevropalikning millatimiz haqidagi fikrlari

Bir yevropalikning millatimiz haqidagi fikrlari
Bundan 7 yil ilgari Germaniyalik bir turistni Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga mashinamda olib borganman. Bir haftadan keyin olmon sayyoh to‘satdan: "O‘zbekiston xalqi ovqatsevar xalq ekan", - deb qoldi va darrov izoh berdi. "Yurtingizning har qadamida ichi mijozga to‘la kafelar borligi u yerda pishirilayotgan taomlarga ehtiyoj kuchliligini va yerli millat ovqatga o‘chliligini anglatadi", - dedi.

"Buning nimasi yomon?" - deb so‘raganimda turist: "Ovqatga o‘ch odamlar ko‘pincha uyquga moyil, to‘g‘ri fikrlashdan uzoq kishilar bo‘lib, o‘limdan qo‘rqadigan bo‘lishadi" - dedi. Biroz sukutdan so‘ng u ko‘zlarimga qarab turib: "O‘limdan qo‘rqadiganlar esa hamisha kurashdan ham qo‘rqishadi" - dedi.

Ustimdan sovuq suv sepilgandek bo‘ldi. Yillar davomida javobini topolmagan bir jumboqni yechganday bo‘ldim. “Nega bu aholi bunchalik qo‘rqoq? Nega boshqa bir millatdoshi yoki dindoshining huquqlari u yoqda tursin, hattoki o‘zining va farzandlarining huquqlarini himoya qilishdan, bu yo‘lda kurashishdan qo‘rqadi?” – degan savolga javob olganday bo‘ldim.

Bir yevropalik bir haftada qanday millat ekanimizni darrov ilg‘agan....
Ahmad Botir

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir yevropalikning millatimiz haqidagi fikrlari