08:47 / 10.06.2019
4 566

IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimlari bilan bog‘liq janjalli tasvirlarga izoh berdi

IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimlari bilan bog‘liq janjalli tasvirlarga izoh berdi
Foto: Zarnews
2019 yil 6 iyun kuni Telegram’da davomiyligi 51 sekunddan iborat bo‘lgan YHXB xodimlariga nisbatan fuqarolar tomonidan xizmat vazifasini bajarishga qarshilik qilish aks etgan videotasvir tarqalgan, bu haqda Zarnews ma’lumot beradi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 5 iyun kuni soat 22:50 larda Samarqand shahar, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan 14-umumta’lim maktabi oldida o‘tkazilayotgan «Avtopatrul» reyd tadbiri davomida Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan avtomashinalar to‘xtatilib tekshirilishi jarayonida Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linmalari yo‘l-patrul xizmati bataloni yo‘l-patrul xizmati ikkinchi otryadi ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori serjant S.N. Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan avtomashinalarga «Diqqat» ishorasini berib, to‘xtatish chorasini qo‘llagan.

Bu holatda Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi YPX xodimini ko‘rib, o‘z boshqaruvidagi avtomashinasini 100 metr oldinroqda to‘xtatib, avtomashinasidan tushib orqaga qarab qochayotgan vaqtida YPX xodimi tomonidan haydovchini spirtli ichimlik iste’mol qilgani holda transport vositasini boshqarib kelganlikda gumon qilib, haydovchini ushlash bo‘yicha Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan «Yevraaziya» oshxonasi oldida xizmat olib borayotgan ikkinchi otryad ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor K.J.ga aloqa vositasi orqali xabar beradi.

Mazkur xabarga asosan haydovchi ushlanib, boshqaruvida bo‘lgan avtomashina oldiga olib kelinayotgan vaqtida haydovchining ikki nafar tanishlari va ko‘chada bo‘lgan bir necha nafar fuqarolar haydovchini qochirib yuborish maqsadida YPX xodimiga yopishib, haydovchining qochib ketishiga sharoit yaratgan.

Hodisa joyiga yordamga yetib kelgan serjant S.N. va ikkinchi otryad ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori, serjant B.Q. haydovchini ushlab, o‘zining boshqaruvida bo‘lgan yo‘l-patrul avtomashinasiga joylashtirgan.

Haydovchi bilan olib borilgan suhbat davomida, u o‘zining Urgut tumani O‘ramas qishlog‘ida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.T. ekanligini, 2019 yil 5 iyun kuni tushlik vaqtida oz miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan hujjatlari yo‘qligi va qo‘llaniladigan jarima miqdoridan qutulish maqsadida YPX inspektorlaridan qochishga harakat qilganligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, A.T. tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, tibbiy bayonnomaga ko‘ra, hushyor holatda bo‘lganligi aniqlangan. Biroq unga nisbatan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz va YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmaganligi holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

YPX inspektorlari va haydovchi tan jarohati olmaganligi, lekin YPX inspektoriga haydovchi hamda uning tanishlari qarshilik qilganligi holati bo‘yicha ularga nisbatan viloyat IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimlari bilan bog‘liq janjalli tasvirlarga izoh berdi