Foto: IIV axborot xizmati
Joriy yilning 10 iyun kuni taxminan soat 05.40 larda Buxoro viloyatida, shu kuni soat 17.05da Toshkent viloyatida yuk mashinalar bilan yuz bergan yong‘in yuzasida Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
«Zangiota tumanida yashovchi 22 yoshli A.A. boshqaruvidagi « ZIL-131» rusumli yuk avtomashinasini « Jiydali» mahallasi TXAY ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida yuk avtomashinasining kuzov osti qismi yonib zarar ko‘rgan va yuk avtomashinasi yo‘lovchisi 21 yoshli S.S. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli R.N. boshqaruvidagi « KamAZ» yuk avtomashinasini « Zarangari» MFY Urganji qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Foto: IIV axborot xizmati
Oqibatda yuk avtomashinasining salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q», — deyiladi rasmiy xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring