Toshkentda Nexia rusumidagi avtomobil haydovchisi yo‘l chetidagi avtoturargohda bir necha erkak ustiga bostirib bordi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar berishdi.
Ushbu hodisa qayd qilingan videoda haydovchi u tomon yo‘nalayotgan bir necha erkakni atayin urib ketganini ko‘rish mumkin. Haydovchi to‘xtamay, harakatini davom ettirgan. Shundan keyin bir necha kishi mashina ortidan quvlab ketgan va videodan ko‘rinishicha, ular haydovchini ushlashga muvaffaq bo‘lishgan.
So‘ngra uch erkak o‘z mashinasi yoniga yugurib borib, unga o‘tirishgan. Videoda keyin nima yuz bergani aks etmagan. Ehtimol, ular huquq-tartibot xodimlarini chaqirtirishgan yoki aybdorni o‘zlari jazolash yoxud u bilan “gaplashib olishga” urinishgan.
Hozirda ushbu voqea qachon va qayerda yuz bergani noma’lumligicha qolmoqda. Ba’zi foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, voqea Qo‘yliq bozori yonida sodir bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi