08:20 / 12.06.2019
3 461

Toshkent viloyatida jiyan 61 yoshli amakisini ko‘prikdan itarib yubordi

Toshkent viloyatida jiyan 61 yoshli amakisini ko‘prikdan itarib yubordi
Toshkentning Quyi Chirchiq tumanida 41 yoshli K.K. «Beshkek» mahallasi Qorasuv ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi «Kollektor» kanali ustiga o‘rnatilgan ko‘prik ustida o‘zaro janjallashib, 61 yoshli amakisini itarib yuborgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 8 iyun kun sodir bo‘lgan.

Oqibatda ko‘prikdan pastga yiqilgan A.K. jarohat olgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 9 iyun kuni vafot etgan.

K.K. ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida jiyan 61 yoshli amakisini ko‘prikdan itarib yubordi