10:07 / 12.06.2019
2 781

O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda
Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyada ishtirok etmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Jeneva shahrida (Shveysariya) Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 10 iyun kuni boshlandi.

Konferensiya ishida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan 6000 dan ortiq delegatlar qatnashmoqda. Tadbirda mehnat sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining yuz yilligini nishonlash ham rejalashtirilgan.

108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 21 iyunga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda