12 iyun kuni Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi va tumanga yangi rahbar tayinlandi.
Bugundan e’tiboran Akmal Arslonovich Xolmurodov Quyi Chirchiq tumani hokimi, Abdumalik Abdug‘aniyevich Qo‘ldoshev tuman prokurori, Shuhratali Toirovich Imomov tuman soliq inspeksiyasi rahbari sifatida ish boshladi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, viloyat rahbari Rustam Xolmatov ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, prezident topshirig‘iga binoan viloyatning 18 ta hududiy birligi respublika oliy rahbariyatidagi mas’ul shaxslarga boshqaruv va umumiy rahbarlik uchun bo‘lib berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra Quyi Chirchiq tumani hokimi Sobir Murodov vazifasidan ozod etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi