18:35 / 12.06.2019
4 985

Toshkentda ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Toshkentda ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Toshkent shahrida bir guruh shaxslar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, bir guruh yigitlar kunduz kuni jamoat joyida ommaviy janjal sodir etishgan, hatto bir-birlarini avtomashinada bosib ketmoqchi ham bo‘lishgan.

Prokuratura rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, ommaviy tartibbuzarlik 5 iyun kuni Mirobod tumanida sodir bo‘lgan.
Janjal natijasida bir nafar shaxsga pichoq bilan sanchilgan-kesilgan tan jarohati yetkazilgan.

Mazkur horlat yuzasidan aybni og‘irlashtiruvchi holatlardabezorilik oqibatida odam o‘ldirishga su’iqasd qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-97 moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlar tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ommaviy mushtlashuv yuz berdi