23:00 / 12.06.2019
3 321

O‘zbekistonda qachon valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi?

O‘zbekistonda qachon valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi?
Bugun, 12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri nega O‘zbekiston banklari naqd valyuta sotib olishni yo‘lga qo‘yib, valyuta sotuvini yo‘lga qo‘ymagani haqida so‘radi.

«Bizda xorijiy valyuta olish imkoni yo‘lga qo‘yilgan – bankka bormay turib ham pulingizni konvertatsiya qilish, xorijiy valyutani kartangizga tushirib olishingiz va keyin bemalol naqdini bankomatlardan yechib olishingiz mumkin. Alohida kartalardan foydalangan holda xorijga chiqib, kartangizda so‘mda bo‘lgan pulni xorijiy valyutada yechib olish ham bemalol.

To‘g‘ri, hozir valyutani naqd ko‘rinishda olishning imkoni yo‘q. Ammo fikrimizcha bu jiddiy muammo emas. Sababi mijozlar tomonidan 90-100 million AQSh dollari bankomatlardan yechib olinyapti. Shoxobchalarga kelsak, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan birga xavfsizligini, mavjud qonunlarga muvofiq ishlashini ta’minlash lozim.

Vaqtlar kelib bunday faoliyat ham yo‘lga qo‘yiladi, lekin aniq muddati noma’lum», degan Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov qachon O‘zbekistonda ham ham ayirboshlash shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqidagi savolga javoban.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qachon valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi?