Toshkentda qalbaki pullarga bir nechta smartfon xarid qilib, sotuvchini chuv tushirgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda, fuqaro A.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, chet el fuqarosi A.V. fuqaro A.X.dan xarid qilgan 3 dona «Iphone Xs Max» rusumli uyali aloqa telefon apparatlari uchun bergan 3.025 AQSh dollaridan 3.000 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi