13:16 / 14.06.2019
2 693

Deputat propiska muammosi haqida: “Bu masala shunday qolmaydi, oʻzgarish boʻladi. Uzoq kutmaysizlar”

Deputat propiska muammosi haqida: “Bu masala shunday qolmaydi, oʻzgarish boʻladi. Uzoq kutmaysizlar”
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Bu haqda agenlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda jurnalist Musulmonbek Ibrohimov propiska olish tartibi, fuqarolarga ikki xil narxda boj belgilangani, agar fuqaro doimiy propiskaga ega boʻlmasa, ikkilamchi bozorda turar joy sotib ololmasligi va bu holatlar Konstitutsiyaga qanchalik mos ekani haqida savol berdi.

«Shaxsiy fikrimni bildiradigan boʻlsam, bu notoʻgʻri, — dedi deputat Ibrohim Hojiyev. — Shaxsan oʻzimga va boshqa koʻp deputatlarga ham aynan shu masalada juda koʻp murojaatlar kelib tushadi. Sizni ishontirib aytaman, bu masala ham tartibga solinadi. Shu muammo yuzasidan ish olib borayotgan ishchi guruh tarkibida deputatlar ham bor. Bu masala shunday qolmaydi, oʻzgarish boʻladi. Albatta bu vaqt talab qiladi, lekin uzoq kutmaysizlar. Bosqichma-bosqich tartibga solinadi. Bu boʻyicha belgilangan topshiriqlar boʻlgan».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputat propiska muammosi haqida: “Bu masala shunday qolmaydi, oʻzgarish boʻladi. Uzoq kutmaysizlar”